Ibratli voqea: Uch elak haqida rivoyat

Bir kishi donishmanddan so‘radi:

- Do‘stingiz siz haqingizda nima deganini aytaymi?

- Shoshma, - dedi donishmand, - avval aytmoqchi bo‘lgan gapingni uchta elakdan o‘tkaz...

- Uchta elak?.. Nima degani u?

- Biror gapni aytishdan oldin, uni uchta elakdan o‘tkazish lozim. Avval HAQIQAT elagidan. Aytmoqchi bo‘lgan gaping haqiqat ekanligiga ishonching komilmi?

- Yo‘q, men uni shunchaki eshitdim, xolos.

- Demak, sen uning rost yoki yolg‘onligini bilmaysan. Endi ikkinchi – YaXShILIK elagidan o‘tkazamiz. Sen menga do‘stim haqida biror yaxshi gapni aytmoqchimisan?

- Yo‘q, aksincha.

- Demak, - davom etdi donishmand, - sen menga haqiqatligini bilmay turib yomon xabarni yetkazmoqchisan. Endi uchinchi elakdan o‘tkazamiz – FOYDA elagi. Sening gapingni eshitishim shartmi, u menga foyda keltiradimi?

- Yo‘q, hojati yo‘q.

- Demak, - xulosa qildi donishmand, - sen yetkazmoqchi bo‘lgan xabarda haqiqat ham, yaxshilik ham, foyda ham yo‘q ekan. Unda uni menga aytib nima qilasan?