Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi o‘qituvchilarni ishga taklif qiladi

Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyiga bilim darajasi yuqori, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega pedagog xodimlar ishga taklif etiladi.
Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida ishlash istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Litseyga qabul qilingan pedagog va boshqa xodimlarga IIV idoraviy litseylarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.
Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagoglar ishga taklif etiladi:
Pedagog xodimlar:
• ona tili va adabiyot;
• matematika (ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• jismoniy tarbiya;
• biologiya (ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• kimyo
• fizika (ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• geografiya (ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• huquqshunoslik (ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
• ingliz tili;
• Ikkinchi xorijiy til (nemis va fransuz);
• Informatika va AT
• tarix (ta’lim rus tilida olib boriladigan guruhlar uchun);
Professor-o‘qituvchilarga o‘rindoshlik asosida ishlash uchun sharoit yaratib beriladi.
Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar +998979224684 yoki +998979275962 telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.
Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyining manzili: Samarqand shahar, Maroqand ko‘chasi, 46 uy.
Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi.