IIB YHXB va transport boshqarmasi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi
Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i, polkovnik A.Nosirov va Samarqand viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i I.Xamrayev Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi.
Jumladan, “Haqdor trans” MChJ rahbari va haydovchilari bilan hozirgi kunda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish borasida muloqot olib borildi.
Yo‘llarda haydovchilik madaniyatiga va yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘nalishga chiqarishdan oldin transport vositalarining texnik holatiga, tozaligiga, haydovchilarning tashqi ko‘rinishiga e’tiborli bo‘lish hamda haydovchilarni yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lib, ularga sifatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, haydovchilar mutasaddilardan o‘zlarini qiziqtirgan va muammoli savollariga javob olishdi.
Samarqand viloyati IIB YHXB matubot xizmatining xabar berishicha, bu boradagi ishlar viloyat miqiyosida davom ettirilmoqda.