IIBB jinoyatga moyil ayollar ro‘yxati uchun xalqdan uzr so‘radi
- 02.08.2019 16:28
- 282
- O‘zbekiston
Toshkent IIBB internetda ommaga e’lon qilingan jinoyatga moyil bo‘lgan, xavfli toifadagi ayollar ro‘yxati bo‘yicha o‘z rasmiy bayonotini e’lon qildi.
Muassasa xabariga ko‘ra, ro‘yxat xato talqin qilingan. Buning sababi esa, hozirda chindan xatarli toifaga kiruvchi xotin-qizlar va ijtimoiy muhofaza hamda huquqiy yordamga muhtoj ayollarning bitta ro‘yxatga tushib qolganligida.
Ular bitta ro‘yxatda jamlanmasligi kerak edi, fuqarolarimizning e’tirozlari tushunarli, deb ta’kidlagan IIBB matbuot xizmati.
"Yo‘l qo‘yilgan xatolik va buning oqibatida vujudga kelgan anglashilmovchilik uchun uzr so‘raymiz", - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxat internet foydalanuvchilari orasida katta shov-shuv ko‘targan edi.
Teglar:
ayollar huquqi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa