Turkiyada o‘g‘irlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik ayolning ishi nazoratga olindi

So‘nggi kunlarda O‘zbekistondan Turkiyaga kelin bo‘lib tushgan ayolning qilmishi Turkiyaning qator ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ayni vaqtda uyidan qochib, o‘g‘rilikda ayblanayotgan fuqaro D.Z.ga nisbatan qo‘yilayotgan ayblovlar bo‘yicha holat O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan mazkur ishni o‘rganib chiqish uchun advokat jalb qilingan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hodisaga qonuniy baho berilgandan so‘ng qo‘shimcha tarzda ma’lumot berilishini ma’lum qildi.