Ijobiy fikrlash. Bu ishni o‘rganib bo‘ladimi?
Inson har doim ijobiy fikr yuritish kerakligi ilmiy jihatdan isbotlangan. Ya’ni, bu oddiy gap emas, metafizika, hatto xurofot emas.
Ijobiy fikrlash hayotingizni yaxshilaydi va sizni ortiqcha tashvishlanishlar yoki ruhiy tushkunlikdan himoya qiladi.
Kuzatuv va tahlil qilish orqali bu masalaga alohida e’tibor qaratgan Garvard universiteti xodimlari ish natijalari ijobiy fikrlaydigan kishi mavqei, odamlar orasidagi munosabatlari va hatto sevimli mashg‘ulotlar kabi turli sohalarda muvaffaqiyatga erishadilar, degan xulosaga keldi.
Bundan tashqari, "pozitiv" holatdagi tana baxt gormonlari deb ataladigan endorfin va serotonin modallarini yanada ko‘proq ishlab chiqarishi ham aniqlandi.
Bu o‘z navbatida stress ta’sirini bartaraf etishga yordam beradi. Xo‘sh ijobiy fikrlashni qanday o‘rganish kerak?
1. Eng avvalo, siz oddiy narsalar uchun va doimiy ravishda minnatdor bo‘lishni o‘rganishingiz kerak.
2. O‘zingizga to‘g‘ri ko‘rsatmalar bera boshlang: "Men qodir emasman/ bilmayman/, qila olmayman" degan so‘zlar o‘rniga "Men qo‘limdan kelganini qilaman" iborasidan foydalaning.
3. Aloqa doirangizni o‘zgartiring. Agar siz doim nolib yuradiganlar va muloqot uchun faqat o‘ziga qiziqarli mavzularni tanlashi tufayli boshqalar bilan muloqot qilishi qiyin bo‘lgan odamlar bilan o‘ralgan bo‘lsangiz, optimistlar, ya’ni ijobiy fikr yuritadigan kishilar ijtimoiy doirasiga qarab yo‘l oling.