Ilon Mask - "Yil odami" bo‘ldi
SpaceX asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask Time talqini bo‘yicha yil odami deb topildi. Nashr bosh muharririning fikricha, tadbirkor “Yerdagi va ehtimol undan tashqaridagi hayotga” katta hissa qo‘shgan desa mubolag‘a bo‘lmaydi.
"Bu bizning sayyoramizni saqlab qolishga va bizga yangi sayyorada yashashga yordam beradigan odam – hazilkash, daho, sanoatchi, shoumen, tikso‘z, Tomas Edison, F.Barnum, Endryu Karnegi va «Asraguvchilar»dagi elektr mashinalarni ixtiro qiluvchi, Marsga ravona bo‘lgan ko‘ktanli xudo-odam - Manxettendagi doktor", - deb yozadi gazeta.
Ilon Mask robototexnika va quyosh energiyasi, neyrotexnologiya sohalarida loyihalarni amalga oshiradi, odamlar va yukni o‘ta tezlikda harakatlantirish uchun yerosti tunnellarini quradi va boshqalar.
«Time»ning «Yil odami» tadbiriga Mask o‘g‘li bilan tashrif buyurdi.
2020 yilda “Yil odami” tanlovida Donald Trampdan ustun kelgan AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris bo‘lishgan edi.
«Time» jurnalidan keyin FT ham Ilon Maskni "Yil odami" deb topdi.