Imom Buxoriy majmuasi atrofida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Ayni paytda Payariq tumani hokimligi tomonidan viloyatdagi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi loyihalar, bunyodkorlik ishlari va kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan press-tur bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlab tadbir ishtirokchilari Xo‘ja Ismoil mahallasi hududidagi Imom Buxoriy majmuasi atrofida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Majmuaning umumiy maydoni 44 gektar bo‘lib, bugungi kunda mahobatli maqbara, 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid qurib bitkazilgan. Balandligi 75 metrlik 4 ta minora majmuaga ulug‘vorlik bag‘ishlagan. Shuningdek, muzey, ayvonlar, ma’muriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilgan. 

Tuman hokimining o‘rinbosari Rashid Ismoilov bu haqda batafsil ma’lumot berdi.