Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Имом Бухорийнинг “Биррул волидайн” (Ота-онага яхшилик қилиш) асари илк марта ўзбек тилига таржима қилинди

Bu haqda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov ma’lum qildi.

Islom olamida mashhur bo‘lgan ushbu kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat ko‘rsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqiga qilgan duosi mustajob bo‘lishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.

Hadislarning xalqchil va tushunarli bo‘lishi uchun izoh va sharhlar yozilgan. Asarni sharhlashda 50 dan ortiq ishonchli tarixiy manbadan foydalanilgan.
Kitob va xalqchil risola Din ishlari qo‘mitasida belgilangan tartibda davlat dinshunoslik ekskpertizasidan o‘tkazilgan.
Mazkur yangi kitobni Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Misr, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlardagi nufuzli kutubxona va fondlariga taqdim etish hamda mamlakatimiz va xorijning ilmiy-diniy jamoatchiligi orasida targ‘ib qilish rejalashtirilgan.