Imorat soluvchilar rejalarini barbod qilgan to‘g‘anoq uylar

To‘g‘anoq uylar – bu ibora Xitoyda paydo bo‘lgan neologizm bo‘lib, o‘jar egalari boshqa joylarga ko‘chib o‘tishdan bosh tortgan, yangi kvartal yoki yo‘llar qurilishiga to‘sqinlik qilgan binolarni nazarda tutadi. Natijada  quruvchilar o‘z rejalariga o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keladi, egalarining esa har doim o‘z derazalaridan chiroyli bo‘lmagan manzaralardan “bahramand” bo‘lishdan boshqa chorasi qolmaydi.

Vashingtondagi uy

Дом в Вашингтоне

Uy egasi Ostin Spriggsga ta’bir joiz bo‘lsa, lotereyada katta yutuq chiqdi desa ham bo‘ladi. Gap shundaki, u ko‘p qavatli uylar va idoralar qurilishi paytida ko‘chmas mulkini sotishdan bosh tortgan. 1980 yildan beri o‘zining shaxsiy arxitektura firmasi joylashgan bu uyni sotish uchun ko‘pchilik ko‘pmillionlik takliflar bilan uning oldiga kelgan. Har gal Spriggs uyini sotishdan bosh tortardi. 4 yil o‘tgach, uy atrofi bo‘ylab  shisha, po‘lat va g‘ishtdan qurilgan osmono‘par binolar “o‘sib” chiqdi. Bank mijozning ipoteka kreditini undirish bilan tahdid qilganidan so‘ng Spriggs uyini sotishga rozi  bo‘ldi va 1,5 million dollar narxda sotuvga qo‘ydi. Natijada 2011 yilda uy bor-yo‘g‘i 750 ming dollarga sotildi.

Kotlovan tubidagi so‘qqa uy

Одинокий дом на дне котлована

Bir qarashda bu uy portlashdan keyin hayratlanarli darajada omon qolgan va portlash natijasida hosil bo‘lgan kraterda o‘tqizib qo‘yilganga o‘xshaydi. Aslida esa Xubey provinsiyasining Ichan shahrida joylashgan uch qavatli bino quruvchilar yuqori texnologiyali sanoat parkini qurishni boshlash uchun qazigan chuqurning o‘rtasida joylashgan. Bu quruvchilar bilan kurashga dosh bera olgan va ko‘chib o‘tishdan bosh tortgan xitoylik Yangga tegishli uy.

2012 yilda quruvchi hokimiyatdan tovon puli ololmagan Yangning uyini suv va elektr energiyasidan uzib qo‘ydi. Oila uyni tark etdi va bir muncha vaqtdan so‘ng moliyaviy muammolar tufayli yana uyiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Endi ular suvni bir kilometrlik uzoqlikdagi daryodan olib kelishadi, elektr o‘rniga sham va kerosin lampalaridan foydalanadi.

Avtomobil yo‘li o‘rtasidagi uy

Дом посреди дороги

Yangi qurilgan yo‘lning o‘rtasida yolg‘iz ko‘p qavatli bino turibdi. Gap shundaki, uyda yashovchi keksa juftlik ko‘chib chiqishdan bosh tortgan. Chjeszyan provinsiyasi Vegling shahri yashovchisi Lo Baogen va uning rafiqasi hukumat beradigan  tovon puli kam bo‘lishiga ishonch hosil qilgach, yarim vayronaga aylangan uyda qolishga ahd qilishgan. Endi mashinalar ko‘p qavatli binoni aylanib o‘tishga majbur. Mahalliy matbuotning yozishicha, uyda faqat shu er-xotin yashaydi, barcha qo‘shnilar ko‘chib ketgan.

XXRda xususiy mulk huquqi bekor qilingan, ma’murlarning aholini ko‘chirib chiqarish muammo emas, biroq faqat xalqning roziligini olish muhim.

Magistral yo‘llar bilan qurshab olingan uy

Дом-гвоздь с панорамным видом на автомагистраль

Agar ob’yektni to‘g‘ri chiziqda qurishning iloji bo‘lmasa, uni aylana bo‘ylab quring. Bir necha oila o‘z uyini tark etishdan bosh tortganida, quruvchilar to‘rt qatorli magistral yo‘lni aynan shu tarzda qurishdi. Guanchjou quruvchilari daryo ostidagi tunnelga olib boradigan yo‘llar tarmog‘ini qurish chog‘ida rejasiga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘lgan. Bugungi kunda eski uylar aholisi avtomagistralning panoramik manzarasidan bahramand bo‘lib yashaydi.

Aeroport o‘rtasidagi yolg‘iz ferma

Одинокая ферма посредине аэропорта Нарита в Японии

Yaponiyadagi Narita aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida egasi ketishdan bosh tortgan bir ferma joylashgan. Aeroport ochilganidan buyon har kuni ferma ustidan 40 metr balandlikda uchib o‘tadigan 90 ga yaqin samolyot havoga ko‘tariladi va qo‘nadi.

Hammasi Yaponiya hukumati Narita aholisining uylari va fermalari majburiy  davlat ixtiyoriga o‘tkazilib, ularni haydab chiqarishidan norozi bo‘lganida boshlandi. Ular sudlarga murojaat qilganidan so‘ng o‘z uylarida yashashni davom ettirishga ruxsat berilgan. Biroq hukumat rejalashtirilgan uchta o‘rniga bitta uchish-qo‘nish yo‘lakli aeroportni qurdi va aeroport 1978 yilda ochildi. Mojaro va norozilik namoyishlari 39 yil davom etdi. 2005 yilda aeroport ma’muriyati fermerlarga qarshi urushni to‘xtatishga va’da berdi.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.