Import kirim qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi

Savol: Korxonamiz tuxum yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Faoliyatimiz fermer xo‘jaligiga kiradimi yoki sanoat ishlab chiqarishga? Qanday soliq turlaridan soliq to‘lovchi hisoblanamiz? Bundan tashqari, uskuna import qildik. Bu borada soliqlardan imtiyozga egamizmi?

A.RUSTAMOV,“Sam Golden EGGS” MChJ rahbari.

Javob: Faoliyat turlarni belgilash davlat soliq xizmati organlari vakolati doirasiga kiritilmaganligi sababli ushbu masalada statistika idoralariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 iyundagi “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni 3-bandi bilan 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinib, import kirim qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.

Valisher TEMIROV,Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi xodimi.