Indoneziyada katta vulqon otilishi ro‘y berdi

Indoneziyaning janubidagi Lomblin orolida Levotolo vulqoni otilishi oqibatida 4 kilometr balandlikka kul ustuni otildi. Bu haqda mamlakat energetika va mineral resurslar vazirligi xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 00:06 da magmaning harakatga kelishini bildiruvchi seysmiklik kuchaygan. Vulqon otilishi boshlanishidan 15 daqiqa oldin, 09:45 da oltita chuqur vulqonli zilzila sodir bo‘ldi. Tutun 4 ming metr balandlikka ko‘tarildi.

Mahalliy xalq hududni 4 kilometr masofaga tark etishi lozimligi haqida ogohlantirildi. Shuningdek, niqob taqish, ko‘z va terini himoyalovchi vositalardan foydalanishni maslahat berildi. Indoneziya hukumati mahalliy aeroportlarni vaqtincha yopish va vulqon rayonida parvozlarni bekor qilishga qaror qildi.

Avvalroq Levotolo vulqonining otilishi 27 noyabrda sodir bo‘lgan edi. O‘shanda tutun ustunining balandligi 500 metrga yetgandi. Monitoring ma’lumotlarga ko‘ra, vulqonning faolligi hali ham yuqori va keyingi otilish xavfi mavjud. Rasmiylar lava otilishi va kul yomg‘iri yog‘ishidan xavotirda.