“Ingichka” volfram koni texnogen chiqindilaridan ilk qimmatbaho mahsulot olindi
Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yillar davomida to‘plangan texnogen chiqindilarni qayta ishlash masalasi tez tez tilga olinmoqda.
Samarqand viloyatida joylashgan “Ingichka” koni joriy yilda “Olmaliq KMK” AJ tasarrufiga o‘tkazilgan.
“Ingichka” volfram konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash va volfram konsentratini ajratib olish hisobiga yangi turdagi yuqori qo‘shilgan qiymatli eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan, kuni kecha “Ingichka” konidan ilk volfram mahsuloti olinishiga erishildi.
“Ingichka” konining texnogen chiqindilarini qayta ishlash evaziga yiliga 100 tonna volfram olinadi.