«Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» Davlat dasturi ijrosini taminlashda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish» mavzusida Davlat grantlarini ajratish uchun 1-tur tanlov e’lon qilindi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan e’lon qilinayotgan tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

- 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratining samarali va zamonaviy mexanizmlarini joriy etish hamda ommalashtirish;

- fuqarolarning o‘z mahallalari hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, mahalla va oilalardagi ijtimoiy ma’naviy-muhit barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xolatlar, o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik, erta nikohni oldini olishda jamoat tashkilotlari, davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni ta’minlash;

- iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining daromadlarini oshirish, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan ishchi kuchi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish, xizmat qo‘rsatish sifatini yaxshilash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashish;

- inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilishda samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

- Ekstremizm va missionerlikka qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashda davlat organlari bilan hamkorlikda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va tadbirlar o‘tkazish.

 

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
  2. Viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; 
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari. 

 Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 mln. so‘mgacha

Hujjatlar 2022 yil 1 martdan 31 martgacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9-00 dan 18-00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): 140107, Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasi, 159 “A” uy manziliga “Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi” binosi (110-xona), “Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga” deb ko‘rsatilgan tartibda yuborilishi shart.

 Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 353-18-00