Viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha bajariladigan loyihalarning har biriga 50 million so‘mdan pul ajratadi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi
“Jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari va muloqot madaniyatini yuksaltirishda nodavlat notijorat
tashkilotlari faolligini oshirish” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tur tanlovni E’LON QILADI
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- inson huquq va erkinliklariga amal qilish har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash, huquq va manfatlarini ta’minlash, ma’naviy-axloqiy bilimlarni oshirish, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy, kasbiy, ma’naviy, tibbiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish;
- fuqarolar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish va aholining barcha qatlamlari o‘rtasida targ‘ib etish;
- xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;
- o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ota-onani, keksalarni hurmat qilish, e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tuyg‘usini shakllantirish borasidagi hamkorlikni kuchaytirish.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
- Viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegramm kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
- Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
- Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
- Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 50 000 000 (ellik million) so‘mgacha.
Hujjatlar 2022 yil 15 maydan 15 iyungacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Tanlov bo‘yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): 140107, Samarqand shahri Spitamen shoh ko‘chasi 159 “a” uy manziliga Nodavlat notijorat tashkilotlari va do‘stlik uyi binosi (110-xona), “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondiga” deb ko‘rsatilgan tartibda yuborilishi shart.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 353-18-00