Jamoat fondi hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilishda faollik ko‘rsatadigan NNTlarga 60 million so‘mgacha grant mablag‘i ajratadi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi “Mahallalar obodligini ta’minlash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini va tibbiy va ekologik madaniyatini yuksaltirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusida uchinchi davlat grantini ajratish uchun tanlov E’LON QILADI.
Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:
- Mahallalar hududlarida atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq joylardagi aholi punktlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
- Aholining ekologik va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
- Aholini turli yuqumli kasalliklarga (OIV-infeksiyasi, sil, bezgak, onkologik kasalliklari) chalinish holatlarni oldini olishda tibbiyot muassasalari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;
- Atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini kamaytirishga, biologik xilma-xillikni saqlashga, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashga innovatsion texnologiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;
- Mahallalarda milliy urf-odatlar va umuminsoniy qadriyatlar asosida ibratli kishilar nomlarini abadiylashtirish, xotira kechalarini tashkil etish hamda xalq bayramlari va boshqa urf-odatlarni ommalashtirish;
- Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.
Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining https://t.me/samarqand_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;
6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.
Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 60 mln. so‘mgacha.
Hujjatlar 2023 yil 17 iyuldan 17 avgustgacha har kuni (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Hujjatlar quyidagi manzilga xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 159 “a” uy manziliga “Nodavlat notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi” binosi (110-xona) deb yuborilishi shart.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining t.me/samarqand_jamoat_fondi (https://t.me/samarqand_jamoat_fondi) telegram rasmiy kanalida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (55) 701-35-95, (93) 341-13-31