Inson tanasida yashovchi bakteriyalarning og‘irligi qancha?

Bug‘uni kim ko‘proq o‘ldiradi: ovchimi yo haydovchi?

 Dunyoning mo‘’jizalari juda ko‘p. Ularga ishonish esa ozgina mushkilroq. Quyidagi ma’lumotlarga balki ishonmasdirsiz, ammo haqiqat.

Keling, ushbu faktlarga birgalikda nazar tashlaymiz!

 

Insonning ko‘zi 10 million xildagi ranglarni farqlay oladi.

***

Inson umri davomida uning terisi taxminan 1000 marta yangilanadi.

***

Inson tanasida yashovchi bakteriyalarning og‘irligi 200 grammni tashkil etadi.

***

Kunga nisbatan tunda inson miyasi faolroq bo‘ladi.

***

Inson tug‘ilganida unda 300 ga yaqin suyagi bo‘ladi, katta bo‘lganida 206 tasi qoladi.

***

Agar odamning qon tomirlarini birlashtirsa, Yer yuzini ikki marta aylantirishga yetadi.

***

Kenguru 8-16 yil umr ko‘radi. U faqat oldinga sakray oladi.

***

Sapsan qushining uchish tezligi soatiga 322 kilometrgacha yetishi mumkin.

***

Chivinlar tufayli yiliga 700 mingga yaqin odam vafot etadi.

***

Dunyoda har bir insonga 10 ta termit chumoli to‘g‘ri keladi.

***

Suvaraklar yemaydigan yagona narsa - bodringdir.

***

Timsohlar tilini chiqara olmaydi.

***

Akula 1 gramm qon hidini 1 kilometrdan turib sezadi.

***

Kitning yuragi 1 daqiqada atigi 9 marta uradi.

***

Ninachining ko‘zi 30 ming linzadan tashkil topgan.

***

Fillar suvning hidini 19 kilometr masofadan turib sezadi.

***

Chigirtka old oyoqlari bilan eshitadi.

***

Bo‘rilar 200 millionga yaqin hidni seza oladi.

***

Ovchilardan ko‘ra haydovchilar bug‘ularni ko‘proq o‘ldiradilar.

***

Tuya ko‘zi ustida 3 ta qovog‘i bo‘lib, u tuyaning ko‘ziga qum kirishidan himoya qiladi.

T.Murod tayyorladi.