Insoniyat tarixidagi eng yirik yadroviy halokatlar

Bundan 80 yil oldin insoniyat atom energetikasini ham tinch, ham harbiy maqsadlarda qo‘llash mumkinligi haqida bilib oldi. Yadroviy kallaklar urushda faqat bir marta – Yaponiyaga 1945 yilning avgust oyida qo‘llanilgan. Shunga qaramay, o‘tgan yillar davomida dunyodagi bir qarashda xavotir tug‘dirmaydigan ob’yektlarda ham ko‘plab yadroviy ofatlar sodir bo‘lib turgan.
Bu halokatlardagi qurbonlar va jabrlanganlar soni yuz minglab o‘lchanadi. Xo‘sh, Yerda hayot paydo bo‘lganidan buyon eng yirik yadro halokatlari qayerda va qachon sodir bo‘lgan ekan?

Chernobil AESi

5 крупнейших ядерных катастроф, произошедших за всю историю

1986 yil 26 aprelda SSSRda (Ukraina hududida) konstruksiyadagi nosozliklar va xodimlarning bir qator xatolari tufayli Chernobil AESining 4-energoblokida portlash sodir bo‘ldi.
Portlashning aniq sababi hozirgacha aniqlanmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, reaktor ichidagi suv vodorod va kislorodga parchalanib portlovchi gaz hosil qilgan. U shunday kuch bilan portladiki, og‘irligi ko‘p tonna bo‘lgan tom konstruksiyalari yirtilib, o‘nlab metrlarga uloqtirildi.

Natijada butun sayyorada radiatsiya darajasi oshib, atrofga katta miqdordagi radioaktiv moddalar tashlab yuborildi. Portlash oqibatini bartaraf etishda kamida 600 ming kishi ishtirok etdi, halokatdan keyingi dastlabki oylarda kamida 28 kishi radiatsiya ta’siridan vafot etdi. Hammasi bo‘lib radiatsiya bilan bog‘liq kasalliklardan 4 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.
Stansiyadan 30 kilometr radiusli hudud istisno zonasi deb e’lon qilindi va aholi boshqa joylarga ko‘chirildi. Radioaktiv yog‘inlardan eng ko‘p zarar Belarussiya hissasiga to‘g‘ri keldi, Ukraina va Rossiya jiddiy zaharlanish olgan ba’zi yerlar yuzlab, hatto ming yillar davomida inson hayoti uchun yaroqsiz bo‘lib qoldi.

Fukusima-1

5 крупнейших ядерных катастроф, произошедших за всю историю

Yer yuzidagi Chernobildan keyingi ikkinchi eng jiddiy yadroviy ofat 2011 yilning 11 martida Yaponiyada kuchli 9,0 magnitudali zilzila oqibatlaridan biri sifatida yuz berdi. 1-Fukusima stansiyasidagi avariya MAGATEning favqulodda shkalasi bo‘yicha maksimal 7 ball oldi.
Tarqalgan radiatsiya miqdori Chernobil avariyasining taxminan 10 foizini tashkil etdi. Energiya bloklarining favqulodda sovutish tizimi to‘xtab qoldi, tizim quvurlarida vodorod to‘plandi va bir qator portlashlar sodir bo‘lib, 4-energoblok yonib ketdi. Yadro yoqilg‘ilari saqlanadigan omborlar vayron qilingandan so‘ng atmosferaga tarqala boshlagan radioaktiv moddalarning aksariyati okeanga tushdi.
Fukusima atrofida 20 kilometrlik evakuatsiya zonasi yaratishga to‘g‘ri keldi, u yerdagi odamlar boshqa joyga ko‘chirib yuborildi. Avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlari hamon davom etmoqda. Hududga yetkazilgan jami zarar 200 milliard dollarga baholandi.

Tri-Mayl-Aylend
1979 yil 28 martda AQShda sodir bo‘lgan halokat MAGATE shkalasi bo‘yicha 5 ball oldi. Nosozlik stansiyaning 2-energetika blokida vaqtida aniqlanmagan suvning sirqib chiqishi va reaktor yadrosining yarmi erib ketgani natijasida sodir bo‘ldi. Biroq, beton himoya bardosh berib qurbonliklar oldi olindi.

5 крупнейших ядерных катастроф, произошедших за всю историю

Aholi haqiqiydan ko‘ra ko‘proq psixologik oqibatlarni boshidan kechirdi. Mamlakat yirik yadroviy avariyalar sodir bo‘lishi xavfidan qo‘rqa boshladi, qurilish uchun ruxsatnomalar berilmay qo‘yildi va 1994 yildan beri mamlakatda atigi 2 ta yangi atom elektr stansiyasi paydo bo‘ldi.

Chajma ko‘rfazidagi avariya
SSSRda sodir bo‘lgan yana bir falokat. 1985 yil 10 avgustda Uzoq Sharqdagi Chajma ko‘rfazida suv osti kemasi reaktorining termal portlashi sodir bo‘ldi. Portlash markazida radiatsiya darajasi 90 000 R/soatga yetdi.

5 крупнейших ядерных катастроф, произошедших за всю историю

Baxtsiz hodisa va uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari natijasida 1000 ga yaqin odam tan jarohati oldi, 11 kishi halok bo‘ldi. Hodisa maxfiylashtirildi, odamlar bu haqda yillar o‘tib bilib oldi.

***

Atom energiyasining afzalliklariga qaramay, ko‘pincha baxtsiz hodisalarning asosiy sababi inson omili – ehtiyotsizlik, favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralarini ko‘rmaslik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik holatlari bo‘lib qolmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.