Insonning ichki a’zolari qanday?
Biz hech qachon ichki a’zolarimiz bezovta qilmaguncha ular haqida eslamaymiz. Lekin ular tufayli nafas olamiz, oziqlanamiz, yuramiz.
🗯 Ichimizdagi eng katta ichki a’zo, bu ingichka ichakdir.
🗯 Inson yuragi shunday bosim yaratadiki, hatto qon 7 metr balandlikka sochilishi mumkin.
🗯 Oshqozonda hosil bo‘ladigan kislota hatto britva lezviyasini butunlay yemirishga qodir.
🗯 Inson tanasidagi tomirlarning umumiy uzunligi – 96 kilometrga yaqin.
🗯 Oshqozon har 3-4 kun ichida mutloq yangilanadi.
🗯 O‘pkani yoygandagi umumiy yuza tennis maydonining yuzasi bilan teng.
🗯 Ayol kishining yuragi erkak kishining yuragiga nisbatan tezroq uradi.
🗯 Olimlarning aytishicha, jigarning 500 dan ortiq funksiyalari mavjud.
🗯 Aorta tomirining diametri bog‘ sug‘orish quvuri diametriga teng.
🗯 Yurak sig‘ishi uchun chap o‘pka o‘ngdagisidan kichikroq
🗯 Ichki organlarni ko‘p qismini olib tashlab ham uzoq vaqt yashash mumkin.
🗯 Buyrak osti bezlari inson umri davomida o‘z o‘lchamini o‘zgartirib boradi.