Investitsiya majburiyatini bajarmagan tadbirkordan yer olib qo‘yiladi
Bu haqda xalq deputatlari viloyat Kengashining 17-sessiyasi qarorida keltirilgan edi.
Kengash qarori bilan investitsiya loyihalari bo‘yicha tarmoq jadvallarini puxta ishlab chiqish, bino va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va ulardan foydalanish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Loyiha tashabbuskorlari tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilmagan 5 ta tadbirkorga ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi bekor qilinadi.
Shuningdek, loyiha tashabbuskorlari tomonidan ajratilgan yer uchastkalari belgilangan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun talablariga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashi hamda viloyat hokimining yer bilan bog‘liq 5 ta qarori bekor qilindi.