Iqlim sayyoraviy miqyosda o‘zgarmoqda, muzliklar uchun kurashda mag‘lub bo‘ldik
Tog‘ cho‘qqilaridan okean tubiga qadar... Butunjahon meteorologiya tashkilotining yillik hisobotiga ko‘ra, iqlim butun sayyorada o‘zgarishda davom etmoqda. So‘nggi sakkiz yil meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi.
Antarktikadagi dengiz muzlari darajasi rekord darajaga tushdi va muzliklar erishi misli ko‘rilmagan tezlikka yetdi.
"Afsuski, biz muzliklar uchun kurashda mag‘lub bo‘ldik, chunki karbonat angidrid gazi allaqachon yuqori konsentratsiyaga yetdi. Dengiz sathining ko‘tarilishi keyingi ming yil davom etishi mumkin, xuddi shu muzliklar erishi bilan ro‘y beradi", deydi Euronews muxbiriga Butunjahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas.
Yevropa 2022 yilda muzliklarning erishi bo‘yicha rekordlarni yangiladi. Shveysariyadagi muzliklar hajmi 6 foizga kamaydi.
Londonda iqlim faollari, jumladan, «Extinction Rebellion» ("Yo‘q bo‘luvchilar isyoni”) guruhi vakillari to‘rt kunlik norozilik namoyishi o‘tkazishdi. U 22 aprelda nishonlanadigan Yer kuniga bag‘ishlandi. Ekologik faollar neft va gaz qazib chiqarishni kengaytirishga qarshi.
Namoyishchilar qirollik hukumati iqlim falokatining to‘la masshtabli oldini olish uchun zarur choralarni ko‘rmayotganini aytishmoqda.