Iqlim va alkogol

Kolumbiya universiteti olimlari yilning turli paytlarida kasalxonaga tushgan ichkilikbozlar haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganib, iqlim o‘zgarishi va ichkilikbozlar ko‘payishi o‘rtasida g‘alati bog‘liqlik borligini aniqladi.

Unga ko‘ra, havo harorati oshganda odamlar ko‘p vaqtini ko‘chada o‘tkazar ekan. Ular soya-salqin xiyobonlarda sayr qiladi, deb o‘ylamang, aksincha ular tabiat qo‘ynida ko‘proq alkogol ichishga urinadi. Sababi, issiq havoda ko‘p suyuqlik yo‘qotilishi ko‘proq ichimlik ichishni talab qiladi. Bu ichimlik pivodir. Yil davomida issiq davr qancha ko‘p bo‘lsa, alkogol ichib shifoxonaga tushadigan odamlar shuncha ko‘p bo‘lar ekan.

Xatarli chiqindi

Tabiatni plastik chiqindilar bilan tobora ko‘p ifloslanishi tashvishli holatdir.

Bunday qaraganda plastik chiqindilar - idish, paketlar va boshqa chiqindilar unchalik qo‘rqinchili emasdek tuyuladi. Ammo plastik zarralar o‘pka, qon, hatto miyaga turli zarrarli bakteriya va viruslarni olib kirishi bilan o‘ta xavflidir. Yaqinda plastik zarralarda vabo shtampi aniqlandi.

Bundan tashqari, plastik zarralar bakteriyalar orqali organizmga antibiotiklarga chidamli mikroblar genlarini olib kiradi.

Lunoxodga nima bo‘ldi?

Shu yilning avgust oyida Hindistonning «Chandrean-3» lunoxodi Oyga uchirilib, uning yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndirildi.

«Pragyan» apparati tungi yoritqich yuzasini o‘rganishga kirishdi. Ammo ko‘p o‘tmay oy tuni boshlanishi bilan o‘rganish uzilib qoldi.Taxminan yarim oyga cho‘zilgan uzilish oy yuzasi haroratini keskin pasayishi bilan o‘tdi. Bunday vaziyatda kosmik apparat «Uxlash» rejimiga o‘tib,qulay sharoit tug‘ilgach, «Uyg‘onib» yana ishga tushishi zarur edi.

Afsuski, bunday bo‘lmadi. U Yerdan yuborilgan signallarga javob bermadi. Lekin hind olimlari umidsizlikka tushishgani yo‘q. Negaki, har qanday holatda ham Hindiston Oyga apparat qo‘ndirgan to‘rtinchi mamlakatdir.

Jahon OAV xabarlari asosida T.Shomurodov tayyorladi.