Isaak Nyuton: "Samoviy jismlar harakatini hisoblay oldim, lekin olomonning aqldan ozishini emas"

Ingliz olimi Isaak Nyutonning boshiga olma tushgani, shundan so‘ng u butun dunyo tortishish qonunini kashf etgani tarixini ko‘pchilik biladi. Ammo umrining oxirida u moliyaviy piramida qurboniga aylanganini-chi?

1720 yilda London o‘z joniga qasd qilish to‘lqiniga duchor bo‘ldi - umidsizlikka tushgan odamlar o‘zini o‘ldira boshlashdi, yashash uchun hech qanday vosita yo‘q. Bunga dunyodagi birinchi moliyaviy piramidalardan biri - Janubiy dengiz kompaniyasi "pufagi" yorilishi sabab bo‘lgan.

Kompaniya investorlarni Lotin Amerikasi qullari, oltinlaridan boylik orttirishiga ishontirdi va o‘z manfaati uchun parlamentga pora berib, qimmatli qog‘ozlar narxini ko‘tarish uchun ayyor sxemalarni o‘ylab topdi. Hatto qirol va buyuk olim Isaak Nyuton ham qarmoqqa ilinib, korxonaga sarmoya kiritdi. Biroq mashhurlik kompaniyani inqirozdan qutqara olmadi, uning qarzlarini Britaniya rasmiylari hamon to‘lab kelmoqda.

Shunday qilib, Nyuton tarixdagi eng mashhur moliyaviy piramida sxemalaridan biri – Janubiy dengiz kompaniyasining aksiyalariga katta miqdorda sarmoya kiritib, davomli og‘ir vaziyatga tushib qoladi.

Bu qaror Nyutonning boyligining katta qismini yo‘qotishiga olib keldi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, u o‘sha vaqt uchun katta summa - taxminan 20ming funt-sterling yo‘qotgan. Aytilishicha, ushbu tajriba Nyutonni moliya va investitsiya sohasida yangi nazariyalarni ishlab chiqishga undagan.

O‘z yo‘qotishlarini baholar ekan, Nyuton shunday iborani aytadi: "Men samoviy jismlar harakatini hisoblay oldim, lekin olomonning aqldan ozishini emas".

G.Xoldorova tayyorladi.