Ish sifatini kim nazorat qiladi?
Keyingi yillarda Samarqand shahrida ko‘plab obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Lekin bu ishlarning barchasini ham ko‘ngildagidek bajarilyapti, deb bo‘lmaydi.
Masalan, shaharning Sartepa mavzesidagi turizm va madaniy meros texnikumi oldidan, Sa’diy Sheroziy mahallasi hududidan boshlanib, Botir Zokirov mahallasi hududi orqali Guliston mahallasi hududigacha bo‘lgan maydonda o‘tgan yili piyodalar va velosiped yo‘lakchasi barpo etilgandi. Afsuski, katta mablag‘ sarflangan ushbu yo‘laklarning qurilishi sifati juda past, atrofdagi obodonlashtirish ishlari ham talabga javob bermaydi.
Achinarlisi, qurilish va obodonlashtirish ishlari to‘liq tugatilmay tashlab ketilgan. Hali yarim yil ham o‘tmasdan, yo‘lakchalar yemirila boshlagan, yotqizilgan plitalar ko‘chib tushgan. Yer osti elektr simlari chiqib yotibdi, tungi yoritish ustunlariga lampalar o‘rnatilmagan.
Sifatsiz bajarilgan ishlarni kim nazorat qiladi?
Samarqand shahri Sa’diy Sheroziy mahallasi fuqarolari.