Trampda urushni to‘xtatish yechimi bor, Moskvada esa muzokaralar davom etmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp neft narxining tushishi urushni to‘xtatish kaliti ekanligiga ishonadi.

CNBC telekanaliga bergan intervyusida u shunday dedi: "Agar neft narxi bir barrel uchun yana 10 dollarga tushsa, Putin odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi. Uning boshqa iloji qolmaydi...".

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati yangi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda – bu safar ular cheklovlarni chetlab o‘tayotgan rus tankerlari flotiga qarshi. Putin 10 kunlik ultimatum muddati tugaydigan 8 avgustgacha o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, unga bosim o‘tkazishdagi birinchi qadam shu bo‘ladi.

Bugun AQSh prezidentining maxsus elchisi Stiv Vitkoff navbatdagi muzokaralar uchun Moskvaga borgan. Kremlda kechga yaqin Putin va maxsus vakil o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Suhbat taxminan uch soat davom etgan.

Bu Putin va Vitkoffning beshinchi uchrashuvidir. Uchrashuv Donald Trampning yuqorida aytilgan Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishni talab qilgan ultimatum muddati tugashiga ikki kun qolganida bo‘lib o‘tdi.