Ishbilarmonlarimiz uchun yangi xorijiy bozor

Bunday o‘zgarishlar qardosh o‘zbek xalqi bilan aloqalarni yanada ravnaq toptirish, ikki davlat o‘rtasidagi savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qilinmoqda. Bunga Qozog‘istonda 2018 yilga "O‘zbekiston yili", deb nom berilgani ham misol bo‘la oladi. Tadbirda aytilishicha, keyinchalik O‘zbekiston mahsulotlari Qozog‘istonga to‘laligicha shu bozor orqali tarqaladi va ishbilarmonlarimizdan dastlabki olti oyga ijara haqi olinmaydi. Navro‘z bayrami arafasida ochilishi rejalashtirilgan "Samal" bozori Olma-ota shahrining aeroport, vokzal va avtoturargohlarga yaqin qismida joylashgan. 
– Faoliyatimiz qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, quritish, qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan, – deydi Narpay tumanidagi "Agro liniya Oqtosh" mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Shuhrat Toshmurodov. – Hozirgacha Ukraina, Dubay, Rossiya davlatlariga mahsulot chiqarayotgandik, lekin Qozog‘iston bilan hamkorligimiz yo‘q edi. Bu bizga juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Yaqinda "Samal" bozoriga borib, mahsulot kiritish imkoniyatlarini o‘rganib qaytmoqchiman.