Ishtixon tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
- 15.06.2022 11:30
- 2009
- Samarqand

Ishtixon tumanida o‘tkazilayotgan xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Ishtixon tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Shuhrat Negmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan Ro‘ziyev Fazliddin Kuranovich nomzodi Ishtixon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
F.Ro‘ziyev mazkur tayinlovga qadar Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Teglar:
Ishtixon tumani
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand