Ishtixonda 743 ta nomsiz ko‘chalarga nom berildi

Ishtixon tumanida davlat tili qoidalariga rioya etishga doir masalalar yuzasidan mavjud geografik ob’yektlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov natijalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha 1081 ta geografik ob’yektlarning ro‘yxati shakllantirildi.

- Joriy yilning 9 oyi davomida tuman bo‘yicha 743 ta nomsiz ko‘chalar qonunchilikda belgilangan tartibda nomlanib, tuman kengashining qarori bilan tasdiqlandi, - deydi tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sirojiddin Mirzayev. - Yettita bir hudud doirasida takrorlanadigan ko‘chalarning beshtasi boshqa nomlarga o‘zgatirildi. Qonun talablariga javob bermaydigan 3 ta ko‘chaning nomi aholi bilan kelishilgan holda boshqacha nomlandi.

Bundan tashqari, tumanda 921 ta qishloq, mahalla, aholi punkti, ko‘cha, maydon, xiyobonlarning nomi yozilgan peshlavhalar yo‘qligi aniqlandi. Shundan 327 tasiga lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida peshlavhalar o‘rnatildi.

Xurshida ERNAZAROVA.