Ishtixonda - "Oqqo‘rg‘on tajribasi"

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan Ishtixon tumanida aholi muammolari va hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha «Oqqo‘rg‘on tajribasi» asosida ishlar tashkil etilmoqda.

Ishchi guruhlari tomonidan tumandagi mahallalarda, ijtimoiy va boshqa soha ob’yektlari o‘rganilmoqda. Tumanda suv, gaz va elektr ta’minoti, ichki yo‘llar holati, maktabgacha ta’lim, transport xizmati sohalarida mavjud muammolarni hal etish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirilyapti.

Xususan, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda uning Samarqand hududiy filiali tomonidan tumandagi So‘g‘ot mahallasidagi Shirin qishlog‘ida elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda. Qishloq hududidagi mavjud 118-transformator punktiga qo‘shimcha 250 kVli yangi transformator punkti hamda havo elektr uzatish tarmog‘iga 100 dona temir beton ustunlari o‘rnatilyapti. Shuningdek, mazkur elektr uzatish tarmog‘ining 3,5 km.ga zamonaviy kabellar tortilmoqda.

Ayni paytda aholini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida joriy qilingan tajriba asosida tumanda aholi bilan muloqotning yangicha tizimi doirasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.