Ishtixonda velosiped boshqarib ketayotgan fuqaro YTH oqibatida vafot etdi
2020 yil 13 aprel kuni soat 20:00 da Ishtixon tumani Sug‘ot mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-53 “Bo‘ronxo‘ja-Ishtixon” avtomobil yo‘lining 47 kilometrida haydovchi, 34 yoshli B.R. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida harakatlanib kelayotgan vaqtida, yo‘lning o‘ng qismidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan velosiped boshqaruvchisi, 33 yoshli D.E.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Oqibatda velosipedchi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.
Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Biroq 14 aprel kuni fuqaro D.E. YTH oqibatida olgan tan jarohatlari tufayli tuman shifoxonasida vafot etganligi sababli jinoyat ishi JKning 266-moddasi 2-qismiga qayta malakalangan.
"Hurmatli fuqarolar Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan karantin vaqtida barcha shaxsiy transport vosita (stiker maxsus ruxsatnoma berilgan va tegishli ro‘yxatga kiritilgan avtomobillar bundan mustasno)laridan foydalanish qat’iyan man etilgan.
Oxirgi vaqtlarda velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘lishi ko‘payib bormoqda. Shu sabab, avvalambor ko‘chaga chiqishdan tiyiling, hayot uchun zarur bo‘lgan hollardan tashqariga chiqishdan avval transport vositangiz soz, velosipedingiz esa maxsus nur qaytaruvchi chiroqlar bilan jihozlanganligiga e’tibor bering", deya yana bir bor ogohlantirdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.