Ishtixonda yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
- 02.03.2020 18:09
- 186
- Jamiyat
Bugun tumanning G‘afur G‘ulom mahallasida tadbirkor Ixtiyor Baxtiyorov tashabbusi bilan tashkil qilingan “Kelajak” nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur MTTning qurilishiga 2 milliard 463 million so‘m miqdorida pul sarflangan bo‘lib, binoda bolalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
MTT 100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning foydalanishga topshirilishi natijasida mahallada 3, 7 yoshli bolalarni bog‘chaga qamrab olish 90 foizdan oshadi.


Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
XDPning “Eng namunali deputat”i aniqlandi
- Bugun, 11:28
- Siyosat
Ilm-ma’rifat bor joyda taraqqiyot bo‘ladi
- Bugun, 11:17
- Samarqand