Ishtixondagi qotillikni sodir etganlar ushlandi
2019 yilning 15 may kuni Qo‘shrabot tumani IIB Navbatchilik qismiga Qo‘shrabot tumani “Do‘stlik” mahallasida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan, fuqaro S.Z. qo‘ng‘iroq qilib, Qo‘shrabot tumanidagi “Oltin-meros” fermer xo‘jaligi yer maydonida qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi ichida bir nechta shaxslarning jasadlari tashlab ketilganligi haqida xabar qilgan.
Hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan vaqtda ushbu avtomashina 1998 yilda tug‘ilgan, Ishtixon tumani “Chimqo‘rg‘on” MFY “Chimqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashovchi I.J.ga tegishli, oq rangli, 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Damas” rusumli avtomashinasi bo‘lib, uning ichida avtomashina egasi I.J hamda oila a’zolari birga yashovchilar, otasi 1969 yilda tug‘ilgan, X.A, onasi 1974 yilda tug‘ilgan, X.Z, ukasi 2002 yilda tug‘ilgan, I.A hamda kenja ukasi 2003 yilda tug‘ilgan, I.O.larning murdalari Qo‘shrabot tumani “Boqichig‘atoy” mahallasi hududidan qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 15 may kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, ushbu qotillik jinoyatini Ishtixon tumanida yashovchilar 1981 yilda tug‘ilgan T.G‘, 1995 yilda tug‘ilgan E.Sh, 1993 yilda tug‘ilgan U.J va Qo‘shrabot tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan N.X.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan va ushlanganlar.
Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.