Isiriq tutuni inson organizmiga turli viruslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi
- 03.01.2021 13:05
- 766
- Salomatlik
Xalq tabobati assotsiatsiyasi raisi Ro‘zimuhammad Xonnazarovning ta’kidlashicha, isiriq qadim zamonlardan buyon an’anaviy xalq tabobatida keng qo‘llanib kelingan. Hozir ham har bir xonadonda isiriqdan foydalaniladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning ming xil dardga davoligi xalq orasida ma’lum va mashhur. Ayniqsa, yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktikaning eng ishonchli an’anaviy usuli hisoblanadi.
🔸 Abu Bakr ar-Roziyning «Chechak va qizamiq haqida kitob» nomli asarida isiriq tutatish qizamiq, bezgak kabi yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolashda ijobiy ta’sirga egaligi bayon qilingan.
🔸 Garchi, koronavirusga qarshi isiriq tutunining samarasini tasdiqlovchi ilmiy isbot bo‘lmasa-da, undan yuqumli kasalliklarning oldini olishda foydalanish ijobiy samara beradi. Chunki isiriq tutuni inson organizmiga turli viruslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.