Istanbulda kuchli qor yog‘ishi sababli maktablar yopildi, yuzlab reyslar bekor qilindi
- 18.03.2022 19:36
- 76
- Xorij
Turkiyada qariyb 10 kundan beri davom etayotgan noqulay ob-havo oxirgi marta 2003 yilda kuzatilgan. Havo harorati 7-8 darajagacha tushdi.
Istanbul va bir qator hududlarda davomli kuchli qor yog‘ishining oqibatlarini oldini olishga hozirlik ko‘rilmoqda, deb xabar berdi juma kuni Daily Sabah gazetasi.
Turkish Airlines va Pegasus tomonidan 19-20 mart kunlariga rejalashtirilgan 100 ga yaqin reys bekor qilindi.
Meteorologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, qor yog‘ishi yanada kuchayadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Men qoziman, vazir emas"
- Kecha, 19:58
- Mutolaa