Italiya janubida kuzatilgan tropik sel oqibatida Sitsiliya oroli suv qurshovida qoldi

Bu haqda 1tv.ru telekanali ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Ular suv bilan birga tonnelga kirib ketgan avtomobil ichidan chiqishga ulgurmagan. Favqulodda yordam xizmati bu darajadagi tabiiy ofatga tayyor emasligi aytilmoqda.

Mahalliy hukumat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu darajadagi kuchli yomg‘ir, so‘nggi 200 yilda Palermoda kuzatilmagan. Janubiy shaharda bir yilda yog‘adigan yomg‘ir hajmi ikki soatda yoqqanligi aytilmoqda.
Palermo – Italiya janubida joylashgan shahar bo‘lib, Sitsiliya avtonom viloyati poytaxti hisoblanadi.