Italiyada funikulyor qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Italiyada funikulyor (arqon yordamida yurg‘iziladigan tog‘ temir yo‘li) qulashi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi, og‘ir yaralangan ikki nafar bola vertolyotda Turinga olib ketildi, deya xabar berdi tog‘-qutqarish va speleologik xizmati.

Hodisa Madjore ko‘li va Mottarone tog‘i bo‘yidagi Streza qishlog‘ini bog‘laydigan, balandligi deyarli bir yarim ming metrli funikulyorda sodir bo‘lgan. Moslama kabinasi 300 metr tog‘ning tepasida, maksimal balandlikdan qulab tushdi.

Og‘ir ahvolda bo‘lgan ikki bola vertolyotda Turindagi kasalxonaga yetkazilgan. Ulardan biri, besh yoshli go‘dak kasalxonaga yotqizilgan paytda hushida bo‘lgan. Yana biri to‘qqiz yoshda, unda suyak sinish holati kuzatilgan va boshidan jiddiy jarohat olgan.

Ma’lumki, pandemiyada funikulyor uzoq vaqt ishlamagan, bir oy oldin ishga tushirilgan. 2010 yilda tog‘ «temir yo‘l»i ikki yillik texnik xizmatdan o‘tkazilgan.