Jahon yadroviy arsenali – insoniyat 13 mingga yaqin jangovar kallakka ega
Dunyoning to‘qqizta davlatining yadro arsenalida 2022 yil boshiga ko‘ra, 12,7 ming jangovar kallakdan tashkil topgan. Bu haqda Amerika olimlari federatsiyasining yangi tadqiqotida aytilgan.
"Sovuq urush davridan beri yadro arsenallarini qisqartirish bo‘yicha erishilgan yutuqlarga qaramay, dunyoda yadro kallaklarining jamlangan zaxirasi juda yuqori darajada qolmoqda. 2022 yil boshida to‘qqizta davlatda 12700 dan ortiq jangovar kallaklar mavjud", deyiladi hisobotda.
Barcha yadroviy kallaklarning taxminan 90 foizi Rossiya va AQShga tegishli bo‘lib, ularning har birida besh mingdan ortiq yadroviy qurol mavjud. Boshqa hech bir yadroviy davlat milliy xavfsizligini ta’minlash uchun bir necha yuzdan ortiq yadro quroliga ehtiyoj sezmaydi, deyiladi hisobotda.
Joylashtirilgan, saqlangan va utilizatsiya qilinishi kutilayotgan yadro kallaklarini hisobga olgan holda, to‘qqiz davlat quyidagi qurollarga ega: Rossiya – 5977, AQSh – 5428, Xitoy – 350, Fransiya – 290, Buyuk Britaniya – 225, Pokiston – 165, Hindiston – 160, Isroil – 90, Shimoliy Koreya - 20, deyiladi tadqiqotda.
Tarixiy nuqtai nazardan, «sovuq urush» davridan beri dunyodagi yadro qurollari soni sezilarli darajada, ya’ni 1986 yilda – 70300 ta eng yuqori cho‘qqidan 2021 yil boshidagi 13000 taga kamaygan.