Yadro quroli bo‘yicha kim yetakchi?

Bugun keyingi vaqtda ijtimoiy tarmoqlar tez-tez turli fikrlar bildirilayotgan mavzu - dunyodagi eng qudratli yadroviy davlatlar (Arms Control Association ma’lumotlari asosida tayyorlangan) reytingiga nazar solamiz.

Shimoliy Koreya. 30-40 jangovar kallak

2004 yilda atom bombalarining keng ko‘lamli sinovlari boshlandi. Mamlakat hukumati bu sinovlar faqat tinch maqsadlarda, koinotni tadqiq qilish uchun o‘tkazilib kelinishini ta’kidlamoqda.

Yadro dasturi va Shimoliy Koreya raketalarining uchirilishi AQSh va Yaponiyani xavotirga soldi – ular KXDRga qarshi bir nechta sanksiya joriy qilishdi. Rasman qoralashiga qaramay, Xitoy KXDRning harbiy ittifoqchisi va iqtisodiy hamkori bo‘lib qolmoqda.

Isroil. 100 jangovar kallak

Bu davlat nafaqat to‘laqonli yadro arsenaliga ega, balki o‘z qurollarini istalgan vaqtda ballistik raketalar, flot yoki samolyotlar yordamida sayyoraning istalgan nuqtasiga yetkazishga qodir.

Hindiston. 130-140 jangovar kallak

Bu mamlakat ham sezilarli darajadagi yadro quroli zaxiralariga ega va ularni istalgan vaqtda so‘ralgan manzilga yetkazib berishi mumkin. Shuningdek, bu yerda yadroviy suvosti raketa tashuvchilari ishlab chiqarilishi ham rivojlanmoqda.

Pokiston. 150-160 jangovar kallak

Buyuk Britaniya. 210-230 jangovar kallak

Buyuk Britaniyada taxminan 160 tasi jangovar tayyor holatda turadigan 225 ta termoyadroviy kallak borligi taxmin qilinadi. Biroq arsenalning aniq hajmi rasman oshkor qilinmagan.

Fransiya. 290-300 jangovar kallak

Davlat “Atom qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma” tarafdori bo‘lishiga qaramay, u ommaviy qirg‘in qurollarining keng arsenaliga ega. Umuman olganda, mamlakatda 300 ta yadro kallaklari bor.

Xitoy. 300-320 jangovar kallak

Xitoy hukumati 2011 yilda mamlakat qurollarini faqat tinchlikni saqlash uchun zarur bo‘lgan darajada ushlab turishini e’lon qildi. Ushbu bayonotiga qaramay, mamlakat mudofaa sanoati yadroviy kallaklarni tashish uchun mo‘ljallangan to‘rt turdagi yangi ballistik raketalarni ishlab chiqardi.

AQSh 6 000 dan 7 000 jangovar kallakkacha

Amerikaliklar 1945 yilda birinchi bo‘lib yadro qurolini sinovdan o‘tkazdi. O‘shanda insoniyat halokatli tahdidning yangi turi bilan tanishgan edi. Atom bombasi yaratish ustida ishlagan mashhur olim Albert Eynshteyn beixtiyor uning yaratuvchisidan vayronkorga aylandi.

Bugungi kunda Amerikada yadroviy dastur bo‘yicha 20 dan ortiq ob’yekt faoliyat yuritib, turli modifikatsiyadagi yangi qurol tizimlari ishlab chiqarilmoqda. Mamlakat harbiy doktrinasi Amerika armiyasi mamlakat va uning ittifoqchilari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan miqdorda qurolga ega bo‘lishini ta’kidlaydi va o‘z qurollarini yadro arsenaliga ega bo‘lmagan davlatlarga qarshi ishlatmaslikka va’da bergan.

Rossiya 6500 dan 7 300 jangovar kallakkacha

Rossiya Federatsiyasi eng kuchli yadroviy davlat hisoblanadi. Zamonaviy qurollarning aksariyati mamlakatga sobiq SSSRdan meros bo‘lib qolgan – barcha o‘q-dorilar ittifoq respublikalari hududida joylashgan harbiy bazalardan olib chiqilgan.

Bundan tashqari, Rossiyada vodorod bombalarini ishlab chiqarish texnologiyasi mavjud. Byudjetning oqilona taqsimlanishi va innovatsion ishlanmalar mamlakatga bu borada yetakchi o‘rinnni egallash imkonini berdi. Rossiya harbiylari yadroviy quroldan faqatgina davlatga qarshi xuddi shunday qurol qo‘llanganida javob tariqasida yoki aholiga real tahdid tug‘ilgan taqdirda foydalanishini aytmoqda.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.