Jahonda ro‘y berayotgan so‘nggi voqealar qisqa satrlarda

🔻 Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga yadroviy zarba berishni Isroil harakatining “variantlaridan biri” deb atagan Quddus ishlari va merosi vaziri Amikay Eliyaguni hukumat yig‘ilishlaridan chetlashtirdi. Vazir radiostansiyaga bergan intervyusida G‘azo sektorida "nojangovarlar" yo‘qligini aytib, yadroviy hujum mumkinligini ta’kidlagan, shuningdek, sektorga insonparvarlik yordami yetkazilishiga qarshi chiqqan.

🔻  Bir ziddiyatda eng katta yo‘qotish - BMTning Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi xodimlaridan G‘azo sektorida halok bo‘lgani 88 kishiga yetdi.

🔻  Zelenskiy o‘z idorasiga prezidentlik saylovlariga tayyorgarlikni boshlashni buyurdi.

🔻  Turkiyada Isroilga qarshi namoyishchilar NATO bazasiga bostirib kirishga uringan. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan.

🔻  AQShning sobiq davlat rahbarini qo‘llab-quvvatlash kuchayib bormoqda. Donald Tramp eng muhim oltita shtatdan beshtasida saylovchilar qo‘llab-quvvatlashi bo‘yicha Jo Baydendan o‘zib ketgan.

🔻  Rossiya Liviyada harbiy baza yaratish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. AQSh bu kelishuv Rossiyaga butun Yevropa Ittifoqini kuzatish imkonini beradi, deb xavotirda.

🔻  Turkiyada uzoq qurg‘oqchilikdan so‘ng boshlangan kuchli yomg‘ir suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘lgan, bir-necha kishi qidirilmoqda.

🔻 Shanba kuni Turkiyaga uchib ketishni ta’minlashni talab etgan shaxs Gamburg aeroportiga kirib o‘z qizini garovga olgan. U bilan muzokaralar 18 soat davom etgan, shuncha vaqt davomida aeroport ishlamagan. Keyin u politsiyaga taslim bo‘lgan.

🔻  Alabama shtati Oliy sudi mahbus Kennet Smitni “misli ko‘rilmagan usul” azot gazidan foydalangan holda qatl qilishga ruxsat berdi. Kennet 1988 yilda buyurtma asosida Elizabet Sennetni o‘ldirishda ayblangan.

🔻  Ramzan Qodirovning 15 yoshli o‘g‘li Checheniston rahbarining xavfsizlik xizmatida “mas’ul lavozimga” tayinlandi.