Jamoat tartibini saqlash – burchimiz

Xususan, viloyatda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishiga olib kelayotgan sabablarni bartaraf etish maqsadida barcha sohaviy xizmatlar, Milliy gvardiya saf bo‘linmalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nazorat olib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bu orqali hududlarda xizmat olib boruvchi patrul guruhlarining hodisa va chaqiruv joyiga tezkorlik bilan yetib borish va zarur chora ko‘rish imkoniyati yaratildi. Natijada o‘tgan davr mobaynida Samarqand shahri bo‘yicha jinoyatchilikning kamayishiga, ko‘plab jinoyatlarning barvaqt oldi olinishiga va qidiruvda yurgan shaxslarni qo‘lga olishda sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Sodir etilgan jinoyatlar tezkorlik bilan aniqlanmoqda.

Jumladan, joriy yilning 1 oktyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bosh­qar­masi 6-sonli ichki ishlar bo‘limiga Samarqand tumani Nurobod mahallasida yashovchi F.Soliyev murojaat qilib, "Shodiyona savdo majmuasi"da uyali telefon apparatini noma’lum shaxc o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan. Post-patrul xizmati xodimlari I.Saidqulov, J.Egamov, O.Karimov, E.Xo‘janov va M.Qurbonboyev tomonidan olib borilgan tezkor ishlar natijasida ushbu jinoyatni fuqaro R.Turdiyev sodir etganligi aniqlangan.

10 oktyabr kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 8-sonli ichki ishlar bo‘limiga fuqaro G.Majitova ariza bilan murojaat qilib, o‘zi yashab kelayotgan xonadonga tunda 35-40 yoshlardagi noma’lum shaxs o‘g‘irlikka tushishga harakat qilganligi, keyin esa qochib ketganligini ma’lum qilgan. Viloyat IIB post-patrul xizmati boshqarmasi 4-otryad komandiri Sh.Ro‘ziyev, xodimlari E.Ahatov, N.Sharipov va Milliy gvardiya xodimi M.Umarov tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida mazkur jinoyatni fuqaro R.Gaynedinov sodir etgani aniqlangan va ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Sa­marqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Boshqarma tomonidan xalq oso­yishtaligini saqlash yo‘lida bu kabi tezkor tadbirlar muntazam olib borilmoqda. Kelgusida ham jamoat tartibini saqlash, turli jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha samarali xizmat faoliyatimizni yanada kuchaytiramiz.

 

Ilhom RAHMONOV,

viloyat IIB PPXB komandiri

o‘rinbosari.