Jannat tekin, do‘zax pullik!
Ota bolasiga dedi:
- Bolam, bilasanmi, jannatga odam tekinga kiradi, do‘zax esa haqlikdir. Hatto qo‘shimcha haq bilan desa bo‘ladi.
Bola hayron holda so‘radi:
- Qanday qilib ota?
Ota:
- Ha bolam do‘zax olovi tekin emas. Misol uchun: kishi qimor o‘ynasa to‘laydi, aroq ichsa to‘laydi, zino ham tekin emas. Tamaki, nosvoy ham pul turadi. Daydib yurishga ham to‘laysan. Jannat esa tekin bolam. Masalan: namoz o‘qish tekin, ro‘za tutish tekin, Allohni zikr etish tekin, Allohdan qo‘rqib haromga qaramaslik tekin. Hattoki masjidga kirish tekin.