Janob Brauning - to‘pponchalar qiroli

Brauning to‘pponchasi haqida ko‘pchilik eshitgan. Ammo uning ixtirochisi kim ekanligini hamma bilmaydi.

Jon Mozes Braun 1855 yil 23 yanvarda Amerikada tavallud topadi. Otasi temirchi va qurolsoz Jonatan Brauningning uchta xotini va yigirma ikki nafar farzandi bor edi. Jon otishni yozishdan oldin o‘rganadi va 14 yoshida birinchi miltiqni ixtiro qiladi.

U umri davomida (Brauning 1926 yilda vafot etadi) o‘z nomi bilan 37 ta qirqma miltiq, 18 ta stvolli miltiq, ularga patronlar yaratadi, 128 ta patent oladi. Shunga qaramay, u o‘z ixtirolarini seriyali ishlab chiqarishga uquvi yo‘q edi. Brauning oldin qurol ishlab chiqaradigan «Chinchester» firmasida ishlaydi. Ammo keyinchalik to‘pponcha yaratish bilan shug‘ullanadi. Bu firma egalarini qiziqtirmasdi. Jon Yevropaga keladi va Belgiyaning «Nasonal» fabrikasida ishlay boshlaydi. 1900 yilda uning biz hozir ko‘nikib qolgan seriyali birinchi to‘pponchasi yaratiladi.

Bu to‘pponcha o‘shandan buyon qotillar qo‘lida qancha odamlarning boshiga yetmadi, deysiz. Ular orasida taniqli davlat rahbarlarigacha bor. 1900 yilda ishlab chiqarilgan o‘sha Brauning namunasi bilan 1904 yilda Finlandiya general-gubernatori Nikolay Bobrikov terrorchilar tomonidan o‘ldiriladi. 1909 yilda koreys killer Yaponiya bosh vaziri Ito Xirobumini otib tashlaydi. 1911 yil 1 sentyabrda Kiyevda opera teatrida eser Dmitriy Bogrov Rossiya imperiyasi bosh vaziri Petr Stolipinni og‘ir yaralaydi.

1918 yil 30 avgustda eser Fani Kaplan Leninni otadi.

Brauning to‘pponchasi uzoq yillar terrorchilar qo‘lida o‘lim quroli bo‘lib keldi. 1981 yil 22 mayda Ali Agja Rim Papasi Ion Pavl II ga suiqasd qildi. U «Xay pauer» brauni bilan qurollangan edi. To‘g‘ri, bu Jon Brauning o‘limidan keyin ishlab chiqarilgan edi. Bu hozircha Brauning bilan siyosiy qotillikka qo‘l urilgan so‘nggi urinish bo‘lib turibdi.

T.Shomurodov tayyorladi.