Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 million dollar ajratadi

Janubiy Koreya hukumati O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kurashish uchun 5 million AQSh dollari miqdorida favqulodda yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Shu munosabat bilan ushbu dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Koreya Respublikasi Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Ushbu ko‘mak doirasida COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan, tibbiy muassasalarini asbob-uskunalar bilan jihozlash, kadrlar malakasini oshirish, xususan, tibbiyot sohasi mutaxassislarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, COVID-19 haqida ma’lumot beradigan mobil ilovalarni ishlab chiqish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini zarur shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash kabi turli xil tadbirlar amalga oshiriladi.