Janubiy Koreya KXDRdagi yadro inshootlari tiklangani haqida ma’lum qildi

Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi razvedka va hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berishicha, Shimoliy Koreya hukumati Pxungeri yadroviy poligonida yer osti tunnellari tarmog‘ini tiklash ustida ishlamoqda.

Manbalarga ko‘ra, Shimoliy Koreya hukumati Pxungeri yadroviy poligoni tunnellarining bir qismini ommaviy qirg‘in qurollarining yangi sinovlari doirasida aloqa vositalaridan foydalanish uchun tiklamoqda. Bu tunnellar 2018 yilning may oyida KXDRning Koreya yarimorolini yadrosizlantirish bo‘yicha tinch niyatlarini namoyish etish maqsadida vayron qilingan edi.

Agentlik shuningdek, Shimoliy Koreya hukumati Kimgansan sayyohlik hududida Janubiy Koreya tomonidan qurilgan binolarni demontaj qilishni boshlagani haqida xabar berdi. Bu inshootlarning qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi “yarashish” ramzi edi.

5 mart kuni Shimoliy Koreya razvedka yo‘ldosh tizimlarining navbatdagi sinovi doirasida ballistik raketa uchirdi. Bu 2022 yil boshidan beri to‘qqizinchi mojarodir.