Janubiy Uraldan Qutbgacha bo‘lgan 3183 kilometr masofani piyoda kezgan odam
Ushbu olis yo‘lni ufalik Oleg Chegodayev 109 kunda bosib o‘tdi.
Sayyoh va fotograf sayohatini shu yil 1 mayda boshlagan va ushbu yo‘nalishni 4-5 oyda bosib o‘tishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygandi.
Ammo bu maqsadga 109 kunda erishdi. 18 avgustda sayohatchi instagramda u yo‘nalish oxirgi nuqtasi - Uralning shimoliy tog‘lari Konstantinov Kamen cho‘qqisini zabt etgani haqida xabar va surat paydo bo‘ldi. Jasur sayohatchi buning uchun 3183 kilometr masofani piyoda bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.
Millionlab odamlar ishsiz qoladi
Global iqtisodiy inqiroz va pandemiya zavod va fabrikalarni ishga odamlar o‘rniga ijaraga robotlarni yollashga qiziqish uyg‘otmoqda.
AQShda allaqachon Formec Technologis kompaniyasi tomonidan soatiga 10 dollarga robotlarni ijaraga berish xizmati paydo bo‘ldi. Amerika kompaniyalari hisoblab chiqishdi: bitta robot yiliga ishchi kuchiga sarflanadigan 60 ming dollarni tejaydi. Yana u uch smena ishlaydi, kasal bo‘lmaydi, maoshga qo‘shimcha to‘lov talab qilmaydi. Robot og‘ir mehnat talab qilinadigan, ish boshdan oshib-toshib yotgan joydagina emas, yuqori malaka talab qilinadigan kasblar – robot-huquqshunos, robot-vrach, robot-o‘qituvchi bo‘lib ham ishlay oladi. Bu esa millionlab odamlarni ko‘chada ishsiz qolishiga olib keladi. Xo‘sh, ular qanday kun kechirishadi?
Volga daryosi quriydimi?
Rossiya tabiat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Ob, Volga va Amur daryolarining favqulodda ifloslanishi kuzatildi. Ayniqsa, Volga daryosining suvi kamayib borayotgani jamoatchilikda katta tashvish uyg‘otmoqda. Yaqinda mutasaddilar – shahar meri daryo tramvayini «Moskva» teploxodiga almashtirishga majbur bo‘ldi. U Sarpin oroli va Kirov rayonidan shaharliklarni ishga olib borib keladi. Daryo suv sathi mamlakat faxri bo‘lgan Volga daryosida keyingi 20 yil davomida kuzatilmagan ekan.
Tog‘aymurod Shomurodov ("Mir novostey" 2021 yil, 38-son) tayyorladi.