Jazoirda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
- 13.06.2021 16:59
- 8
- Xorij
Bugun, 13 iyun kuni Jazoirda qonun chiqaruvchi organlar saylovi bo‘lib o‘tadi. Ular sobiq prezident Abdelaziz Buteflika 2019 yilda 20 yillik lavozimidan ketishga majbur bo‘lganidan buyon birinchi marta o‘tkazilmoqda. Uning o‘rnini egallagan prezident Abdelmajid Tebbun korrupsiyaga qarshi kurashish va "yangi Jazoir"ni qurishga va’da bergan edi.
Ayni paytda muxolif hukumat tomonidan namoyishlar bostirilayotgani haqida ma’lum qilmoqda. Saylovdan atigi ikki kun oldin ikki taniqli muxolifat arbobi - siyosatchi Karim Tabbu va jurnalist Ixsane El Kadi hibsga olingan edi. Xususan, u "milliy birlikni buzishga qaratilgan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishda" ayblanmoqda. Saylovni buzishga chaqirgan «Xirak» harakati vakillariga qarshi rasmiylar qattiq choralar qo‘llamoqda.