"Jibek joly" xalqaro sayyohlik poyezdi yo‘nalishi endilikda Samarqand va Chimkent shaharlarni ham o‘z ichiga oladi

"Kazinform" xalqaro axborot agentligining ma’lum qilishicha, "Jibek joly" poyezdi 100 dan ortiq sayyohlar bilan "Olmaota-Turkiston-Toshkent-Samarqand-Chimkent-Olmaota" yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan.

Qayd etilishicha, sayohatchilar qadimiy shaharlar muhitiga sho‘ng‘ib, Buyuk ipak yo‘li izlaridan sayohatga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Yo‘nalishning ichiga asosiy diqqatga sazovor joylar kiradi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ekskursiya dasturiga gid hamrohligi, ovqatlanish, transport xizmati va kirish chiptalari ham kiritilgan.

"Temir yo‘l sayohatining o‘ziga xosligi: sayyohlar tunni shinam va barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan qulay poyezdda o‘tkazadilar", - deyiladi maqolada. - Bu vaqt ichida poyezd o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi".

Axborot agentligining eslatishicha, mazkur poyezdning birinchi reysi 16 noyabr kuni Olmaotadan yo‘lga chiqib, Turkistonda bir kun va Toshkentda ikki kun o‘tkazgan edi, deya xabar beradi "Dunyo" AA.