Jomboyda yirik ko‘rgazma tashkil etildi, tuzilgan shartnomalar soni 600 dan oshdi

Jomboy tumanidagi “SOF-EXPO SAMARKAND” ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tgan “Qishloq xo‘jaligi texnikalari va texnologiyalari sanoat yarmarkasi – AGROPRO EXPO 2022” birinchi ko‘rgazmasida 120 dan ortiq hududiy, xorijiy va eksportyor korxonalar 1500 turdagi mahsulot va texnikalar namoyish etishdi.

Ko‘rgazmada ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar o‘rtasida jami 678 ta shartnoma imzolandi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilish bo‘yicha 105 ta, tomchilatib sug‘orish tizimlari 15 ta, issiqxona bo‘yicha 10 ta, o‘g‘it ishlab chiqaruvchilar 15 ta, eksportyorlar 40 ta, chorvachilik yo‘nalishida 30 ta, baliq sanoatida 20 ta, ipakchilik 3 ta, veterinariya preparatlari va kimyoviy vositalar korxonlari 150 ta, hayvonlar uchun ozuqa korxonalari 10 ta, ko‘chatchilik 140 ta, urug‘chilik 140 ta shartnoma tuzildi.

Ko‘rgazma doirasida eksportyorlar, fermerlar va korxonalar uchun 26 ta mavzuda seminar va taqdimotlar o‘tkazildi.

Birinchi ko‘rgazmada 678 ta shartnoma imzolandi