JSST badavlat davlatlar sababli koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya muddatini kechiktirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) AQSh va boshqa badavlat mamlakatlarda “emlash millatchiligi” sodir bo‘layotganligi sababli xalqaro COVAX emlash tizimini qoldirishga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi. Bu haqida Financial Times xabar berdi.
AQSh, Buyuk Britaniya va Yaponiya taklif qilingan vaqtda COVAX dasturiga qo‘shilmadi va vaksina yetkazib berish bo‘yicha xalqaro korporatsiyalar bilan ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Shu sababli ularning COVAXga qo‘shilish muddati deyarli uch haftaga surildi, ishtirokchilar tomonidan dastlabki to‘lovlarni amalga oshirish muddati esa 9 oktyabrga qoldirildi.
JSST xalqaro dastur yordamida 2021 yilning so‘ngiga qadar dunyo bo‘ylab 2 milliard vaksina muolajasini tarqatishni rejalashtirgan. Rejaga muvofiq, kambag‘al mamlakatlar iqtisodiyoti yuqoriroq davlatlar tomonidan amalga oshirilgan moliyalashtirish evaziga vaksinaga ega bo‘ladi.
JSST bir muddat avval millatchilik koronavirus pandemiyasining kuchayishiga olib kelgan omil bo‘lganini ta’kidlagan edi.