JSST bir kecha-kunduzda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati rekord ko‘rsatkichga yetganini ma’lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 21 iyun kuni bir kecha-kunduzdagi koronavirus infeksiyasi bilan yangi kasallanganlar soni rekord ko‘rsatkichda qayd etilganini ma’lum qildi. 21 iyun kuni dunyo bo‘ylab 183 020 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan. Bu haqda Lenta.ru nashri xabar berdi.
Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, eng ko‘p kasalllanish holati Shimoliy va Janubiy Amerikada qayd etilgan. Jumladan, Braziliyada 55 ming nafar, AQShda 37 ming nafar va Hindistonda 15 ming nafar yangi kasallanish holatlari aniqlangan.